Senati Raisi yosh olimlar va innovatorlar bilan uchrashdi

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
30-iyun – Yoshlar kuni arafasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva yosh olimlar va innovatorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tadbirda senatorlar, Yoshlar parlamenti aʼzolari, yosh olimlar, tadbirkorlar, innovatorlar, startaperlar, “Bir million dasturchi” loyihasi ishtirokchilari, Yoshlar akademiyasi va texnik yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, shuningdek, innovatsion tuman va shaharlar hokimlarining masʼul oʻrinbosarlari hamda tashabbuskor va faol yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Senat Raisi oʻz nutqida yoshlarga oid davlat siyosati, ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirish, ilm-fan va ilmiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida soʻz yuritdi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda yoshlarga oid 100 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Oliy taʼlim muassasalari soni 3 barobarga oshirilib, yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrab olinishi 42 foizga yetgan. Xotin-qizlar uchun shartnoma toʻlovlarini davlat tomonidan qoplab berish amaliyoti joriy qilinishi natijasida, ularning oliy taʼlimdagi ishtiroki 11 barobarga oshgan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Shuningdek, 1,5 mingdan ortiq iqtidorli yoshlar dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali soʻnggi yetti yilda 2,3 ming yoshlar xorijda oʻqish imkoniyatiga ega boʻldi. Ilmiy darajaga ega yosh olimlar soni 4 mingdan oshib, 2 barobarga koʻpaydi. Yosh olimlar umumiy soni qariyb 11 mingni tashkil etmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Innovatsiya va ilm-fan sohalariga Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar 1,5 trillion soʻmdan oshgan. Oxirgi 4-yilda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish boʻyicha maxsus institutlar soni 28 tadan oshgan. Prezident qaroriga muvofiq 28 ta tuman va shahar innovatsion hududga aylantirildi va ularda hokim oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.
Yoshlar akademiyasi tashkil qilinib, unda 4,2 mingdan ziyod iqtidorli yoshlar birlashgan. 2022–2026-yillarga moʻljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasi doirasida innovatsion infratuzilmalar rivojlantirilib, yosh ixtirochilar jahon bozoriga chiqishiga shart-sharoit yaratilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
IT Park rezidentlarining soni 2025-yilga kelib 2,5 mingdan oshdi. Ular orasida IT xizmatlari — 1 500 ta, xizmat koʻrsatuvchilar — 425 ta, oʻyin ishlab chiqaruvchilar — 33 ta, ijodiy soha — 102 ta va taʼlim — 534 tani tashkil etmoqda. Startaplar soni 260 tadan ortib, ular orqali 17,9 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan.
2026-yilgacha Oʻzbekistonni jahonning TOP-50 innovatsion davlatlari qatoriga kiritish, infratuzilma subyektlari sonini 75 taga, startaplar sonini esa 1 437 taga yetkazish belgilangan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Uchrashuv davomida yosh olimlar va faol yoshlar davlat siyosatining amaldagi samaralari va oʻz hayotlaridagi ijobiy taʼsiri haqida fikr bildirishdi. Senat bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yangi loyihalar boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Ishtirokchilar bunday uchrashuvlar anʼanaviy tarzda muntazam tashkil etilishidan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.
Akmal MUHAMMADOV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring