Senatda Oʻzbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza muhokama qilindi

Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza koʻrib chiqildi.
Senatorlar mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda muhim ahamiyat kasb etadigan ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi mavqeyini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha muhokama qildi.
Iqtisodiyot va moliya hamda Adliya vazirliklari mutasaddilari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalardagi koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Maʼruzada taʼkidlanganidek, 2024-yilda mamlakat uchun ustuvor deb belgilangan 20 ta xalqaro reyting va indekslardan 10 tasida Oʻzbekistonning koʻrsatkichlari yaxshilandi, 2 tasida holat oʻzgarmasdan qoldi, 2 tasi boʻyicha esa natijalar hali eʼlon qilinmagan.
Ushbu natijalar davlat organlari, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi, aniq indikatorlar asosida amalga oshirilgan islohotlar samarasi ekani taʼkidlandi. Jumladan, “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”da Oʻzbekiston 6 pogʻonaga yuqorilab, 193 davlat orasida 63-oʻrinni egalladi. Mamlakat “yuqori”dan “juda yuqori” toifaga oʻtgan 17 davlat qatoriga kirdi.
“Ayollar, biznes va qonun” indeksida 48 pogʻonaga sakrash hisobiga 190 mamlakat ichida 91-oʻrin, 82,5 ball koʻrsatkich qayd etildi. Soʻzga chiqqanlar bunday koʻrsatkich gender tengligi, ayollar huquqlari va imkoniyatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlarning natijasidir.
Iqtisodiy erkinlik indeksida ham 6 pogʻonaga oʻsish qayd etildi yoki Oʻzbekiston 103-oʻrinni egalladi. Shunga qaramasdan, Davlat byudjeti va davlat qarziga oid koʻrsatkichlar hali ham izchil islohotlarni davom ettirish talab etilmoqda.
Muhokama davomida taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning milliy tizimi yaratilgan va shu tariqa parlament nazorati kuchaytirildi. Har yili tayyorlanadigan milliy maʼruzada davlat organlari faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi va qonunchilikni takomillashtirish zarurati yuzasidan xolis va tahliliy maʼlumotlar taqdim etilmoqda.
Shu bilan birga, Milliy maʼruza tahlillari ayrim reyting va indekslarda pasayish holatlarini ham koʻrsatdi. Xususan, ayrim sohalardagi korrupsiya holatlari, qonunlarga rioya etishdagi muammolar, matbuot erkinligiga oid kamchiliklar mamlakatimizning reytinglardagi mavqeyiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida Oliy Majlis Senati tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. Unda sohalar boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish, masʼul idoralar faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish, masʼuliyatni oshirish hamda reyting koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha istiqbolga moʻljallangan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring