Senatda Koreya-Oʻzbekiston parlament doʻstlik guruhi raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 21 noyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Madaniyat, turizm va sport qoʻmitasi raisi va “Koreya-Oʻzbekiston” parlament doʻstlik guruhi rahbari Kim Gyo Xon bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston-Koreya munosabatlarining hozirgi holati va ularni, shu jumladan, ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlik orqali yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi ishonch, doʻstlik va oʻzaro qoʻllab-quvvatlashga asoslangan uzoq muddatli sheriklikni izchil rivojlantirayotgani taʼkidlandi.
Ikki davlat rahbarlarining 2025 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarga yana-da turtki bergani qayd etildi.
Suhbat davomida soʻnggi yillarda ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar yangi va doimiy xususiyatga ega boʻlgani alohida taʼkidlandi. Ikkala mamlakat parlamentlari sogʻliqni saqlash, raqamli texnologiyalar, iqlim kun tartibi, sport va boshqa sohalarda muloqotni chuqurlashtirish uchun katta salohiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni yana-da faollashtirish va oliy darajada erishilgan Oʻzbekiston-Koreya kelishuvlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring