Senat Raisi Samarqandda BMT Bosh kotibi oʻrinbosari bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Choʻllanishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyasining (UNCCD) bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-sessiyasi doirasida BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, Choʻllanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau bilan uchrashdi.
Muloqot davomida koʻlami global tarzda kengayib borayotgan choʻllanish va yer degradatsiyasi, chang boʻronlarining oldini olish, bioxilma-xillikni saqlab qolish yoʻnalishida BMTning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, Oʻzbekiston Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida birinchilar qatorida BMTning Choʻllanishga qarshi kurash konvensiyasiga aʼzo boʻlgan. Ushbu Konvensiya 1995-yil 31-avgustda Oʻzbekiston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinib, 1996-yilda kuchga kirgan. Bugungi kunda mazkur Konvensiyaga 197 ta davlat aʼzo hisoblanadi.
Global ekologik muammolar sharoitida Oʻzbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan amaliy choralar xususan, qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlarini qabul qilish va amalga oshirish borasidagi ishlarga toʻxtalib oʻtildi.
Ibrohim Tiau Oʻzbekistonning yashillik olamini qayta tiklash borasidagi tashabbuslari, erishayotgan yutuqlari naqadar jiddiy ekanini, yerlar degradatsiyasining oldini olish, shuningdek, yerning qayta tiklanishi boʻyicha mamlakat keng koʻlamli ishlarni amalga oshirgan holda yetakchi davlatlar qatoriga kirgani, olib borgan amaliy harakatlari bilan barchaga namuna boʻla olganini taʼkidlab oʻtdi.
Uchrashuv yakunida ekologik kun tartibi, atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan muloqot va hamkorlikni izchil davom ettirish, oqibatlarni yumshatish boʻyicha qoʻshma harakatlar va choralarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring