Senat Raisi Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Terxi Xakala hamda Yevropa ittifoqining inson huquqlari boʻyicha vakili Eymon Gilmor bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlarning hozirgi holati hamda istiqbollari, jumladan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlarga Oʻzbekistonda inson huquqlari, gender tenglik, mehnat munosabatlari sohasidagi jarayonlar, Oliy Majlis va Yoshlar parlamenti faoliyati haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Yangi Oʻzbekiston barpo etishda mamlakatda kechayotgan muhim siyosiy jarayonlarda, xususan, konstitutsiyaviy islohotlarda, shuningdek, demokratik yangilanish va oʻzgarishlarda parlamentning oʻrni alohida eʼtirof etildi.
Senat Raisi Oʻzbekiston Yevropa ittifoqi bilan asosiy xalqaro hamkor sifatida oʻzaro manfaatli sheriklikni izchil rivojlantirishdan, bunda oʻzaro munosabatlarning barcha yoʻnalishlarini qamrab olish uchun birgalikda harakat qilishdan manfaatdor ekanini taʼkidlab oʻtdi.
Oʻz navbatida Yevropa ittifoqi vakillari Oʻzbekistonda keyingi yillarda jamiyat hayotining barcha sohalarida kechayotgan oʻzgarishlarni, islohotlar izchilligini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni yuqori baholadilar.
Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning huquqlarini kafolatlash, ularning jamiyat va oiladagi mavqeyini mustahkamlash masalalari davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha qamrovi jihatidan kengayib borayotgan ikki tomonlama muloqotni amaliy mazmun bilan yanada boyitishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring