Senat Raisi BMT Bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi
Joriy yilning 16-sentyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston bilan BMT va uning tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlik, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash borasidagi hamjihat saʼy-harakatlar muhokama qilindi.
BMTning Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi bilan oʻzaro hamkorlikning rivojlanayotgani alohida qayd etildi. Transchegaraviy resurslardan oqilona foydalanish, ayollar va yoshlarning tinchlik jarayonlaridagi faol ishtiroki kabi yoʻnalishlar doirasidagi loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda 2025-yil oktabr oyida Fargʻona shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan birinchi Fargʻona tinchlik forumiga tayyorgarlik koʻrish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston raisligida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi doirasidagi ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi.
2026-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Yosh parlament aʼzolarining 12-global konferensiyasi yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuvda gender tenglikni taʼminlash, “BMT-ayollar” tashkilotining vakolatxonasini ochish, ayollar huquqlarini mustahkamlash va yoshlar salohiyatini yuksaltirish borasidagi tashabbuslar haqida ham fikr yuritildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring