Sariosiyo — Toshkent yoʻnalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida 2024-yil 1-yanvardan boshlab, viloyatning Sariosiyo tumanidan “ATR-72”, “Let L-410” va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aholi va turistlar tomonidan talab mavjud boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarda reyslarni yoʻlga qoʻyish hamda bozor tamoyillari asosida Termiz xalqaro aeroportidan mavjud talablardan kelib chiqib, mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda parvozlar geografiyasi kengaytirilishini taʼminlash topshirigʻi berilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash doirasida Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan airports” AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 2024-yil 5-yanvar kuni «Let L-410» havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi.
Ishchi guruh tomonidan ICAOning xalqaro normalariga muvofiq, Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, Sariosiyo aerodromining «ATR-72» havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlari oʻrganildi. Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xalqaro normalariga muvofiq yoʻlovchi terminalini barpo etish va zaruriy infratuzilmani yaratish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Belgilangan vazifalar amalga oshirilganidan soʻng Turizm qoʻmitasi hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan hududga jalb etilgan turistlarni va mahalliy aholini aviamobilligini taʼminlash boʻyicha «ATR-72», «Let L-410» va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring