Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan kinofestivalda oʻzbek aktyor va aktrisasi mukofotlandi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Lendok” IV xalqaro kinofestivali boʻlib oʻtdi.
Unda Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktor oʻrinbosari Shuhrat Rizayev, rejissyor Akbar Bekturdiyev va agentlik xodimi Sayyora Xudoyberdiyevadan tarkib topgan oʻzbek delegatsiyasi ham qatnashdi.
Taniqli rejissyor Ali Hamroyev kinofestival hakamlar hayʼati aʼzosi sifatida ishtirok etdi.
Festival doirasida badiiy, hamkorlikdagi va boshqa filmlar tanlovlari oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Tojikiston, Eron, Bahrayn, Suriya, Turkmaniston, Rossiya va Belarus davlatlaridan kinoijodkorlar qatnashdi.
Tanlov dasturida ishtirok etish uchun 300 ga yaqin ariza topshirilgan boʻlib, 10 ta film tanlab olingan. Jumladan, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Oʻzbek qizi” va “Dasht” filmlari ishtirok etib, aktrisa Aysenam Yusupova va mahoratli aktyor Seydulla Moldaxanov “Eng yaxshi ayol”, “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyalari boʻyicha mukofotlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring