“Sanepidqoʻmita” aholini yoʻl yoqasidan tarvuz-qovun sotib olmaslikka chaqirdi

17:05 25 Iyul 2025 Jamiyat
185 0

Diyetologlar faqat pishgan qovunni – asosiy ovqatlar orasida, boshqa ovqatlar bilan aralashmasdan isteʼmol qilishni maslahat berishadi. “Sanepidqoʻmita” aholini yoʻl yoqasidan tarvuz-qovun sotib olmaslikka hamda qovunni kunning qaysi qismida yeyish mumkin emasligi haqida maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, pishgan qovunni och qoringa, shuningdek kechqurun soat 17:00 va 19:00 keyin isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi. Uglevod mahsulotlarini kechqurun isteʼmol qilish insulinning koʻpayishi va yogʻlarning toʻplanishiga olib keladi.

Shuningdek, isteʼmol qilish mumkin boʻlmagan yana bir qancha holatlar mavjud. Jumladan, oshqozon yarasi yoki gastritning kuchaygan davrida qovun isteʼmol qilish xavfli hisoblanadi.

“Qovunda kaloriya miqdori past boʻlishiga qaramay, yuqori glikemik indeksga ega va shakar miqdori koʻpaygan, shuning uchun u diabet va semizlikka moyillar uchun maʼqul mahsulot emas”, — deyiladi qoʻmita tavsiyasida.

Qovun asab tizimiga foydali va kayfiyatni yaxshilaydi. Homilador ayollar uchun “B9” vitamini yoki foliy kislotasi tufayli homilaning asab tizimi toʻgʻri rivojlanishi uchun qovun isteʼmoli tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, qovun ich qotishi, koʻrishni yaxshilash, yurak faoliyatini yaxshilash, osteoporoz, raxit yoki psoriaz, teri, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilashga ham yordam beradi.

“Hech qachon yoʻl yoqasida tarvuz va qovun sotib olmasligingiz kerak. Bunday poliz mahsulotlari va mevalar avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni oʻziga oʻzlashtiradi va sogʻliq uchun zararli hisoblanadi”, — deyiladi “Sanepidqoʻmita” ogohlantirish xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер