Samarqandlik erkak sobiq xotinini oʻroq bilan 12-marta urib oʻldirdi
2021-yil 19-aprel kuni Samarqand tumanida pastdargʻomlik A.B. sobiq turmush oʻrtogʻi Sh.R.ni oʻldirib qoʻydi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021-yil 19-aprel kuni Pastdargʻom tumanida yashovchi A.B. mast holatda sobiq turmush oʻrtogʻi Sh.R.ning Samarqand tumani, “Qaynama” MFYdagi uyga farzandini koʻrishga kelib, qaynonasi A.G. uni farzandi bilan uchrashishga qarshilik qilganligi oqibatida yuzaga kelgan oʻzaro janjal davomida, A.B. oʻzi bilan olib kelgan oʻroq bilan marhumaning koʻkrak va bel sohalariga qasddan urib, hayoti uchun xavfli boʻlgan tan jarohati yetkazganligi oqibatida, u hodisa joyida vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhumaning oʻlimi koʻkrak va bel sohasiga oʻn ikki marotaba teshib oʻtuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan oʻtkir qon yoʻqotishidan kelib chiqqan.
Voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat prokurori birinchi oʻrinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boshligʻi A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi aʼzolari chiqishgan.
Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u himoya huquqi taʼminlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda, jinoyat ishi boʻyicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring