Samarqanddagi bogʻchada 1 yoshli bola kaltaklangani aytilmoqda. Viloyat IIB voqeaga munosabat bildirdi

16:31 08 Avgust 2021 Jamiyat
798 0

“Samarqanddagi bogʻchada 1 yoshli goʻdak kaltaklangani aytilmoqda” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 5-avgust kuni Samarqand shahar Boʻstonsaroy koʻchasida yashovchi Sh.N., Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahridagi «Mechta» xususiy bogʻchasi tarbiyachisi, shu bogʻchada tarbiyalanadigan 1 yoshli farzandini yuz qismiga urganligi bayon qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv yakuniga koʻra qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер