Samarqandda tugʻilgan 4 nafar egizak va onaning holati vazirlik nazoratiga olindi

Illustrativ foto
Shu yilning 29-oktyabrida Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi 32 yoshli homilador ayol M. Tohirova Samarqand viloyat perinatal markaziga murojaat qilgan.
Boʻlajak ona qabul boʻlimida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, zudlik bilan markazning reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.
Unga «Homiladorlik 4-daraja. Preeklampsiyaning ogʻir darajasi. Surunkali piyelonefritning xuruj davri. Rezus manfiy qon. Koʻp suvlilik. Anemiyaning ogʻir darajasi» tashxisi qoʻyilgan.
— Boʻlajak ona markazning reanimatsiya boʻlimida toʻliq klinik va laborator tekshiruvlardan oʻtkazilib, doimiy ravishda mutaxassislarimiz nazoratida boʻldi, — deydi markaz direktori Lola Hamroyeva. — Unda tugʻuruqdan oldingi homila profilaktikasi, gemotransfuziya va antibakterial terapiyalar amalga oshirildi. 2-noyabr kuni takroriy koʻrik natijalariga asosan, ayolning ayni paytdagi tibbiy ahvolini hisobga olib, tajribali mutaxassislarimiz bilan tugʻuruqni operativ yoʻl bilan amalga oshirishga kelishildi.
Shu kunning oʻzida markaz direktori L. Hamroyeva va muassasaning tajribali mutaxassislari — Sh. Astanaqulov va I. Saydaliyeva tomonidan jarrohlik yoʻli bilan toʻrt nafar sogʻlom chaqaloq tugʻdirib olindi.
Ulardan ikki nafari qiz bola boʻlib, biri boʻyi 42 sm., 1860 gr. vazn bilan, ikkinchisi boʻyi 43 sm., 2060 gr. vazn bilan dunyoga keldi.
Ikki nafar oʻgʻil chaqaloqning ham boʻyi 43 sm. boʻlib, biri 2090 gr., ikkinchi esa 1800 gr. vazn bilan tugʻildi.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Ogʻir tugʻuruq jarayonidan soʻng onaning umumiy ahvoli oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotiga mos boʻlib, u va bolalarining holati Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olindi. Ayni paytda barcha kerakli muolajalar davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring