Samarqandda marmar toshlar orasidan narkotik topildi

11:45 16 Dekabr 2025 Jamiyat
283 0

Foto: DXX

Samarqand viloyatida qurilishda foydalaniladigan marmar toshlar orasiga giyohvand moddalarini yashirgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, DXXning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida Samarqand viloyatida yashovchi 44 va 30 yoshli fuqarolar hamda 33 yoshli xorijlik shaxs qoʻlga olingan.

Aniqlanishicha, chet ellik fuqaro qurilishda foydalaniladigan marmar toshlar orasiga giyohvandlik vositalarini yashirgan holda mamlakatimizga olib kelgan, mahalliy fuqarolar esa ushbu ajal ogʻusini sotish bilan shugʻullanishgan.

Tezkor tadbirda jami 37 kilogramm 421 gramm “ekstraksion opiy” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер