Samarqandda koʻp yillik chinorni kesib tashlagan fuqaro tabiatga 115 mln soʻm zarar yetkazdi
Foto: Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi
Samarqand viloyati Toyloq tumanida koʻp yillik chinor daraxti noqonuniy kesib tashlanishi oqibatida tabiatga 115 125 000 soʻm zarar yetkazildi, deb xabar bermoqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Toyloq tumani “Xoʻjayuz” MFYda yashovchi fuqaro S.R. mahalla hovuzi atrofidagi bir tup koʻp yillik chinor daraxtini hech qanday ruxsatlarsiz noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlangan.
Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor oʻrganishlar natijasiga koʻra, fuqaroning bu qilmishi oqibatida tabiatga 115 125 000 soʻm zarar yetkazgan.
Taʼkidlanishicha, holatda jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring