Samarqandda ilgʻor mexanika boʻyicha xalqaro seminar boshlandi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Ilgʻor mexanika: tuzilmalar, materiallar, tribologiya” mavzusida xalqaro seminar ish boshladi.
Anjumanda Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belarus, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Daniya, Fransiya, Italiya, Qozogʻiston, Bolgariya, Janubiy Koreya, Hindiston, Finlyandiya, Sloveniya, Serbiya, Polsha kabi koʻplab davlatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlaridan olimlar, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Seminarni Berlin texnika universiteti professori Valentin Popov ochib berdi. SamDU rektori, Oliy Majlis Senati aʼzosi, fan arbobi Rustam Xolmurodov oʻz tabrik soʻzida xalqaro hamkorlikning ahamiyati va istiqbollari haqida toʻxtaldi.
Konferensiyada texnik va biologik tizimlarning mexanik hamda tribologik xususiyatlari, deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi, strukturaviy mexanika va tribologiya materialshunosligi kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
“Asosiy maqsad – Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarda mexanika sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, dolzarb muammolarni oʻrganish va iqtidorli yoshlarni istiqbolli yoʻnalishlarga jalb etishdan iborat”, deyiladi tadbir tashkilotchilari bayonotida.

Anjumanning ilk kunida Xitoy, Buyuk Britaniya, Sloveniya, Yaponiya va AQSHdan nufuzli olimlar maʼruza qildi. Maʼruzalardan soʻng savol-javob va munozaralar ham tashkil etildi.
Konferensiyada yosh olimlar, doktorantlar va talabalar ham oʻz tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.
Xalqaro seminar 26-sentyabrgacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring