Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayolga hukm oʻqildi

16:04 24 Aprel 2024 Jamiyat
507 0

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayolga hukm chiqarildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, er-xotin oʻrtasida tez-tez janjal boʻlib turgan. Ayblanuvchining soʻzlariga koʻra, yaqinda erkak pul ishlashni toʻxtatib, xotinini xiyonatda ayblay boshlagan.

Voqea sodir boʻlgan kuni erkak ayolga shapaloq urgan. Shundan soʻng ayblanuvchi uxlab yotgan erining qoʻl-oyogʻini bogʻlab, unga benzin sepib, yoqib yuborgan.

“Oʻgʻlimni oʻldiraman, dedi. Men 1,5 litr benzin olib, ustiga quydim va yoqib yubordim”, — degan ayblanuvchi.

Ayol Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, e, g” bandlari (qasddan odam oʻldirish) bilan aybdor deb topildi. U 12-yilga ozodlikdan mahrum qilindi, u jazoni umumiy rejimli koloniyada oʻtaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер