Samarqandda eksport salohiyati yuksalmoqda

12:38 02 Oktyabr 2024 Iqtisodiyot
244 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Bugungi kunda Samarqand viloyatida 150 dan ziyod eksportyor korxonalar mavjud. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari eksporti bilan jahon bozorida oʻz oʻrniga ega.

Samarqand tumandagi “Samrin trade” eksportyor korxonasi tomonidan meva sabzavot mahsulotlari qayta ishlanib, quritilgan holda eksportga tayyorlanadi. Hozirda 20 tonna mayiz mahsulotlari Latviyaga, 18 tonna yeryongʻoq mahsulotlari Belorussiya davlatiga eksportga chiqarilmoqda.

Korxona tomonidan Litva, Latviya, Estoniya, Rossiya, Belorussiya, Fransiya kabi davlatlar bilan hamkorlik munosabatlari yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu davlatlarga har yili 10 dan ortiq turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlari qayta ishlanib, joʻnatiladi. Natijada Respublikamizga yiliga 6 million dollarlik investitsiya sarmoyasi kiritiladi.

Jomboy tumanida joylashgan “Jamshid Ramin trading” MCHJ shaklidagi korxona 15-yildan buyon qishloq xoʻjalik mahsulotlaridan mayiz, olxoʻri, mosh, fasol kabi dukkakli mahsulotlarning mavsumiy eksporti bilan shugʻullanib keladi.

Korxona 3000 metr kvadratdan iborat omborxonaga ega. Unga 3 200 tonnadan ortiq mahsulotlar ketadi. Korxonada 80 ta doimiy va 20 nafardan ziyod kishi mavsumiy ish bilan taʼminlangan. Hozirda korxona tomonidan 19 tonna mayiz mahsulotlari Ozarboyjon davlatiga eksportga joʻnatilmoqda. Korxona dukkakli mahsulotlardan loviyaning 2-3 xil navlari, shuningdek, mosh mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanadi. Joriy yilgi mavsumda 800 ming dollarlik sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Viloyatdagi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan joriy yilda qariyb 700 000 ming dollar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan boʻlib, sentyabr oyi holati boʻyicha 479 890 ming dollar investitsiya kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?