Samarqandda “East Cup and Olympic Stars” xalqaro Gran-pri turniri bo'lib o'tdi
Samarqand shahridagi sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida badiiy gimnastika boʻyicha “East Cup and Olympic Stars” xalqaro Gran-pri turniri boʻlib oʻtdi.
Turnirda Belarus, Ispaniya, Rossiya, Moldova, Turkiya, Tojikiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Xitoy Xalq Respublikasi kabi 12 ta davlatdan kelgan 452 nafar mahoratli gimnastikachi ishtirok etdi.

Gran-pri musobaqasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sport vazirligi, Xalqaro sport klublari assotsiatsiyasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Qizlar yakkalik va guruh dasturlarida koʻpkurash hamda halqa, toʻp, bulava va tasma kabi predmetlar bilan mashq bajarish boʻyicha oʻzaro bellashmoqda. Ularning har bir chiqishi xalqaro mutaxassislar tomonidan baholanmoqda.

Musobaqada 200 nafarga yaqin oʻzbekistonlik badiiy gimnastikachi ham ishtirok etmoqda. Bu esa isteʼdodli yosh sportchilarni terma jamoalarga saralash, ularni Osiyo va jahon chempionatlariga tayyorlash uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring