Samarqandda barpo etiladigan turistik markazda dastlabki qurilish ishlari boshlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 26-iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida shaharga tutash boʻlgan Samarqand tumani hududida joylashgan Eshkak eshish kanali atrofida yangi Samarqand turistik majmuasi va aholi uchun dam olish maskanlarini barpo etish boʻyicha topshiriqlar berilgan edi.
Ushbu turistik markaz qurilishi uchun 181 gektar yer maydoni tanlangan boʻlib, turistik markazning bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun bosh loyihachi etib, Turkiyaning “ARUP Group” loyihalashtirish kompaniyasi hamda bosh pudratchi etib, Singapurning “Enter Engineering pte.ltd” kompaniyasi belgilangan.
Turistik markazning loyihasida jami 11 ta mehmonxona, shundan 1 ta kongress xol, 2 ta besh yulduzli, 2 ta toʻrt yulduzli, 6 ta uch yulduzli mehmonxonalar, 1 ta savdo markazi, 1 ta koʻngilochar bogʻ, 1 ta attraksionlarga ega boʻlgan park va 1 ta Akva park qurilishi rejalashtirilgan.
Loyihalashtirish ishlari tasdiqlangan grafikka asosan 2020-yilning avgust oyida tugatilishi belgilangan boʻlib, loyihalar qurilish ishlari bilan bir vaqtda taqdim etib borilmoqda.
Bugungi kunda, kongress xol binosining boshlangʻich loyihalari (poydevor ishlarining loyihasi) pudratchi tashkilotga taqdim etilgan boʻlib, qurilish ishlari boshlandi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi“.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring