Samarqandda 6,5 milliard soʻmdan ziyod aliment qarzdorliklari undirilgan
Majburiy ijro Byurosi tomonidan joriy yilning oʻtgan davri davomida aliment undiruvi bilan bogʻliq olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlardan jami 6 milliard 717 million soʻm aliment qarzdorliklari undirilishi taʼminlangan.
Xususan, MIB Samarqand tumani boʻlimi tomonidan yuritilgan ijro hujjati boʻyicha qarzdor B.Jalilovdan undiruvchi L.Ziyayevaning foydasiga 42,9 million soʻm aliment pullari undirilgan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-noyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek, aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra, 11 ta ijro hujjati boʻyicha qarzdorlardan 434,5 million soʻm aliment pullari oldindan toʻlab berilgan.
Shuningdek, aliment ishi boʻyicha qarzdor va undiruvchilar bilan suhbatlar oʻtkazilib, 384 ta oilalar yarashtirilib, ijro ishlari tamomlangan.
Aliment toʻlovchilarning masʼuliyatini oshirish maqsadida 149 nafar qarzdorlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47(4)-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning barchasiga maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan va maʼmuriy javobgarlikka tortilgandan soʻng ham aliment pullarini toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelgan 7 nafar qarzdorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jazo muqarrarligi taʼminlangan.
Hozirda aliment undiruvi bilan bogʻliq ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yana-da jadallashtirish maqsadida joylarda ijro tadbirlari davom ettirilmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev,
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring