Samarqandda 49 kishi ovqatdan zaharlandi
Videodan kadr
Samarqand shahrida 49 kishi umumiy ovqatlanish markazida tayyorlangan «hot-dog»dan zaharlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar orasida voyaga yetmagan bolalar ham bor.
Ularning barchasi Rudakiy ko‘chasida joylashgan fast-food markazida «hot-dog» iste’mol qilgan. Kechga yaqin ularda ovqatdan zaharlanish alomatlari paydo bo‘lgan: isitma, ich ketishi, qayt qilish.
Xabarga ko‘ra, bemorlarning 29 nafariga allaqachon uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafari muolajalarni olmoqda. Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, ularning ahvoli yaxshi.
Hozirgi vaqtda umumiy ovqatlanish markazi faoliyati to‘xtatilgani aytilmoqda. «Hot-dog» uchun ishlatilgan mahsulot namunalari viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring