Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Samarqand viloyati MMTB
Hamdamov Muzaffar Yazdonqulovich Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 26-fevral kuni Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtgan. Unda taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilib, tizimida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilingan hamda yigʻilib qolgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilangan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrugʻiga koʻra, Muzaffar Hamdamov viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan. Ushbu buyruqni vazir oʻrinbosari Sherzod Karimov oʻqib eshittirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring