Samarqand koʻchalaridan birida gastronomik turizm maskani barpo etiladi
Samarqandda turizm salohiyatini yana-da rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu boradagi ishlar natijasida shahardagi Orzu Mahmudov koʻchasi yaqin vaqt oraligʻida butunlay yangi qiyofa kasb etadi.
Hozirgi paytda mazkur koʻchada gastronomik turizmni rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan hudud tashkil etish ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Xususan, Orzu Mahmudov koʻchasi toʻliq asfalt qilinib, piyodalar yoʻlaklari ham zamon talablari darajasiga keltirilmoqda. Mazkur koʻchada oʻz xizmat turlarini yoʻlga qoʻyuvchi tadbirkorlar hamda tashrif buyuruvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida oʻzlariga tegishli hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishmoqda.
Bugungi kunda bu yerda tematik uslubdagi yoritish moslamalarini oʻrnatish, shuningdek, retro-koʻprik qurish ishlari qizgʻin tus olgan. Taʼkidlash kerakki, loyihani joriy yilning oʻrtalarida yakunlash rejalashtirilgan.
Kelgusida ushbu hududda mahalliy va xorijiy sayyohlarga gastronomik xizmat koʻrsatish bilan birgalikda turli festival, qiziqarli tomosha va tadbirlar ham oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring