Samarqand davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Bugun, 3-sentyabr kuni Samarqand davlat universitetining intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Cenati aʼzosi Rustam Xolmurodov tabrik nutqida Respublikamizda oliy taʼlimga berilayotgan eʼtibor, xususan, SamDU professor-oʻqituvchilari va talabalari erishayotgan ilmiy-amaliy yutuqlar, universitetning ilmiy salohiyati, xalqaro aloqalari va nufuzi, rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqotlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Samarqand davlat universiteti tashkil etilib faoliyat koʻrsatayotgan davrning oldingi yillari va keyingi toʻqqiz yilida roʻy bergan oʻzgarishlarni qiyoslab, ijobiy oʻzgarishlarni, islohotlar samarasini alohida taʼkidladi.
Samarqand davlat universiteti magistranti, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Mahbuba Salimova davlatimiz rahbari va hukumat gʻamxoʻrligiga javoban talabalar bugungi kunda bilimlarni chuqur oʻzlashtirishga va mamlakat ravnaqiga munosib hissa qoʻshishga intilayotganlari toʻgʻrisida fikr bildirdi. Shundan soʻng soʻzga chiqqanlar – Samarqand davlat universiteti professori Isroil Jumanov, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev va boshqalar yigʻilganlarga oʻz ezgu tilaklarini bildirdilar.
Tadbir pirovardida kirish imtihonlarida yuqori natijalarga erishgan abituriyentlarga tantanali ravishda talabalik guvohnomalari topshirildi.
Ushbu tantanali marosimdan soʻng bu yerga yigʻilganlar talabalar, ularning ota-onalari vakillari va boshqa mehmonlar intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetining yangi binosini koʻzdan kechirdilar. Ulugʻbek rasadxonasi uslubida qurilgan bino va talabalarning taʼlim olishi uchun yaratilgan zamonaviy hamda dunyo standartlariga mos sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring