Samarqand davlat tibbiyot universitetida rahbar va talaba-yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

10:28 05 Mart 2026 Jamiyat
228 0

Uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev, “Oʻzmilliybank” AJ Boshqaruv Raisi oʻrinbosari Bahodir Jalilov hamda Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarma boshligʻi Dilfuza Azizovalar ishtirok etdi.

Uchrashuv onlayn va oflayn shaklda tashkil etilib, unda viloyatning boshqa oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari ham bevosita ishtirok etdi. Uchrashuv davomida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talaba-yoshlar uchun taqdim etiladigan imtiyozli kreditlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Tadbir davomida yoshlarimizning tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilayotgan ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Yigʻilish ochiq muloqot tarzida davom ettirilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?