Salomatlik turizmi shaharchasi barpo etiladi

Sherobod tumanidagi tabiiy moʻjiza — “Xoʻjaikon” tuz gʻorida salomatlik turizmini rivojlantirish maqsadida Germaniyaning “Bizayla” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 50 million yevroga teng.
Ushbu loyiha doirasida tabiiy shifobaxsh muhitga ega tuz gʻori negizida nafas yoʻllari kasalliklari, allergiya va boshqa xastaliklarni davolashga ixtisoslashgan markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, tuz gʻoridagi ionlashgan havo inson salomatligi uchun foydali boʻlib, salomatligini yaxshilash istagida keladiganlar soni yiliga minglab kishini tashkil etishi mumkin.
Bu tashabbus nafaqat tibbiy turizmni rivojlantiradi, balki Surxondaryo iqtisodiyotiga ham katta turizm oqimi va investitsiya kirishini taʼminlaydi.
Loyiha doirasida zamonaviy infratuzilma — yoʻllar taʼmiri, transport va aloqa tizimlarini yaxshilash, mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ham nazarda tutilgan. Hududda dam olish maskanlari, mehmonxonalar, servis va logistika obyektlari barpo etilishi koʻzda tutilgan.
Mutasaddilarning qayd etishicha, kelgusida bu maskan nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun yirik salomatlik turizmi markaziga aylanishi mumkin.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring