Salkam 50 ming dollar pora olgan prokuratura tergovchisi qamoqqa olindi
Bosh prokuratura tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi katta tergovchisi K.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, K. ish yurituvidagi xorijiy korxona ta’sischiligida tashkil etilgan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 47.300 AQSH dollari pora olgan. Holat yuzasidan kelib tushgan murojaatga asosan unga JKning 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha K.ga JKning yuqoridagi moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring