“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev 6-yilga qamaldi

04:53 24 Mart 2024 Jamiyat
1621 0

2024-yil 19-mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida S. Abduvaliyev (1950-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, jamoatchilik asosida Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan, nafaqaxoʻr, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq S. Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi.

S. Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor, deb topilib, unga 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtattirilish belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер