“Sayyid ota” masjidiga ilk gʻisht qoʻyildi
Ulamolarimiz: “Biror hududda masjid barpo etilsa, shu masjidning barakasi butun aholiga tatiydi. Shu yerga fayz, unum va baraka inadi”, deyishgan. Haq gap. Eʼtibor berib qaralsa, masjidi bor mahallalar fayzli, barakalidir.
Toshkent viloyati Qizil togʻ qoʻrgʻoni “Fayzobod” mahalla fuqarolar yigʻini Usmon Nosir koʻchasida joylashgan “Sayyid ota” jome masjidining yangi binosi qurilishiga ilk gʻisht qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, mahalla faollari, nuroniylar otaxonlar ishtirok etdi.
Masjidning yer maydoni va ayni paytda qurilish davom etayotgan hudud 25 sotixdan iborat. Zamonaviy masjidga hamohang tarzda imom-xatib, noib, mutavalli xonalari hamda qorovulxona ham bunyod etilmoqda.
Barcha shart-sharoitga ega jomega mos tarzda tahoratxona ham qad rostlayapti.
Namozxonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida avtoturargoh ham qurilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring