Saida Mirziyoyeva Avazada Oguljahon Atabayeva bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avazaga tashrif doirasida Gʻamxoʻrlikka muhtoj bolalarga yordam koʻrsatish xayriya jamgʻarmasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv avvalida Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayevani muhim sana — Turkmaniston Betarafligining 30-yilligi bilan samimiy tabriklagan. Soʻng esa gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, bolalikni himoya qilish sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining yaqinda oʻtgan muzokaralarining samarali natijalari, jumladan, “Shovot-Toshhovuz” savdo zonasi ochilgani alohida taʼkidlangan.
“Birgalikda jamgʻarma koʻrgazmasi va tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdik, hamkorlikni davom ettirish va qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanimizni tasdiqladik”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring