Rossiyaning Samara shahri karantinga olindi
Rossiyaning Samara shahrida brutsellyoz epidemiyasi aniqlandi. Bu haqda “Samara Onlayn” xabar berdi.
Qayd etilishicha, shahar hokimligi Kuybishevskiy tumani aholisiga karantin cheklovlarini eʼlon qilgan.
Maʼlumot uchun, bu kasallik Malta, Kipr yoki Gibraltar isitmasi deb ham ataladi. U brutsellyoz brusella bakteriyalari keltirib chiqaradigan xavfli kasallikdir. Infeksiya goʻsht, sut, pishloq kabi qayta ishlangan hayvonot mahsulotlari orqali odamlarga yuqishi mumkin. Brutsellyoz kasal hayvonlar, jumladan, qoʻy-echkilar, sigirlar, itlar va boshqalar bilan aloqa qilishda ham paydo boʻlishi mumkin.
Uning belgilari kasallikning shakliga qarab turli yoʻllar bilan namoyon boʻlishi mumkin. Oʻtkir brutsellyoz yuqori isitma, bosh ogʻrigʻi, holsizlik, qusish, ich ketishi, mushak va boʻgʻimlarning ogʻrigʻi, shuningdek, toshma va limfa tugunlarining shishishi bilan boshlanadi.
Kasallikning surunkali shaklida artrit, markaziy asab tizimining shikastlanishi, gepatit, xotira buzilishi va harakatni muvofiqlashtirish, shuningdek, boshqa jiddiy asoratlar paydo boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring