Rossiyalik general qotilligida ayblanayotgan oʻzbekistonlik umrbod qamalishi mumkin
Qurbonovning general Kirillov va uning haydovchisi qotilligiga aloqadorligi guvohlarning koʻrsatmalari bilan tasdiqlangan. Bu haqda “TASS” ish materiallariga asoslanib xabar berdi.
Ahmad Qurbonov 2024-yil 18-dekabr kuni soat 07:50 da Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 91-92-moddalariga asosan qoʻlga olingan.
U quyidagi moddalar bilan ayblanmoqda:
205-modda, 3-qism, “B” bandi (terroristik hujum);
222.1-modda, 4-qism (noqonuniy egallash, oʻtkazish, saqlash va tashish);
223.1-modda, 3-qism (portlovchi qurilmalarni noqonuniy ishlab chiqarish yoki oʻzgartirish).
19-dekabr kuni Moskvaning Basmanniy sudi Qurbonovni 2025-yil 17-fevralgacha hibsda saqlashga qaror qildi. Sud, tergov organlari tomonidan taqdim etilgan dalil va hujjatlarni ishonchli deb topdi.
Hozirda Rossiya va Oʻzbekiston maxsus xizmatlari general Kirillovning oʻldirilishiga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring