Rossiyadan olib kelingan vaksina nega aholiga tarqatilmayapti? — dolzarb savollarga aniq javoblar berildi
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov dolzarb savollarga aniq javoblar qaytardi.
Savol: Nima sababdan Rossiyada chiqqan koronavirusga qarshi vaksina Oʻzbekistonga olib kelinib, aholiga tarqatilmayapti?
Javob: Hozir Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan Covid-19 ga qarshi vaksinaning uchinchi faza klinik sinovlari oʻtkazilmoqda. Vaksina klinik sinovlardan toʻliq oʻtkazilib, rasman roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng albatta bizning Oʻzbekistonga ham yetarli miqdorda olib kelinadi.
Savol: Menga Covid-19 ni yengil turini yuqtiribsiz deyishdi. Bugun 14 kun boʻldi uyda davolandim va SEOMga namuna topshirdim yaxshi chiqdi. Uyda dadamga ham kasallik yuqib qolibdi. Ayting-chi toʻliq davolanmasdan oldin yana yuqishi mumkinmi?
Javob: Kuzatuvlar shuni koʻrsatmoqdaki, bemorlar Covid-19 dan toʻliq sogʻayganidan keyin ham maʼlum bir muddat davomida ularda viruslar saqlanib qolishi mumkin. Bunga misol tariqasida shuni koʻrsatish mumkinki baʼzi hollarda kasallikdan sogʻayib, klinik belgilari toʻliq yoʻqolib ketgan shaxslarda ham laboratoriya (10-20 marotabagacha) musbat natija berishi mumkin. Buni hisobga olgan holda davolanishdan keyin ham yana 2 haftalik reabilitatsiya chora-tadbirlari belgilanadi. Shuning uchun toʻliq davolanmagan bemordan uning atrofidagilarga kasallikni yuqishi ehtimoli saqlanib qoladi.
Savol: Koronavirus yuqtirib tuzalgan insonda antitanachalar virusning hamma turini yenguvchanlik qobiliyatiga egami yoki virusning qaysi turini yuqtirib tuzalgan boʻlsa faqat oʻsha turi uchunmi?
Javob: Agar odamga virus yuqsa, aynan ushbu virusga qarshi kurashadigan antitanachalar hosil boʻladi. Qandaydir virus antigeniga qarshi hosil boʻlgan antitanacha aynan shu virusdangina himoya qila oladi.
Savol: Covid-19 ga test topshirganda aniqlangan boʻlsa, dori darmon bilan tuzalgunga qadar yetadigan dori-darmon bilan taʼminlanadimi? Agar shunda boʻlsa, nega QVPda atigi 5 kunlik dori beriladi deyilyapti?
Javob: Sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan koronavirusga chalingan bemorlar statsionar va ambulator sharoitda davolanishi mumkin. Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarning tibbiy kuzatuvi va davolanishi birlamchi tibbiyot boʻgʻini, yaʼni poliklinikalar, QVP tomonidan biriktirilgan shifokor tomonidan amalga oshiriladi va belgilangan standartlar asosida yetarli miqdorda dori-darmonlar bilan taʼminlanadi. Siz aynan qaysi QVPda yuqorida taʼkidlangan holat kuzatilayotganligini aniq va manzilli qilib aytsangiz, SSV albatta bunga munosabat bildiradi hamda bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring