Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik bolalar Vatanga qaytarildi

16:02 02 Noyabr 2025 Jamiyat
359 0

Illyustrativ foto

Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarining farzandlari Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

Bildirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida Rossiyaning turli mintaqalaridagi ijtimoiy muassasalardan 19 nafar bola qaytarilgan. Ularning sogʻligʻi, psixologik holati va huquqiy himoyasi boʻyicha zarur choralar koʻrilgan.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonga qaytarilgan bolalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tasarrufidagi “Inson” markazlari tomonidan muqobil joylashtirish, psixologik reabilitatsiya, taʼlim tizimiga integratsiya va oilaga qaytarish bosqichlarida toʻliq qoʻllab-quvvatlanadi.

Shu bilan birga, ularning yaqin qarindoshlari bilan ishlash, ijtimoiy moslashuvni taʼminlash va mahalla tizimi orqali kuzatuv ishlari yoʻlga qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?