Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va uning farzandlari Oʻzbekistonga qaytarildi

18:45 27 Avgust 2025 Jamiyat
174 0

Rossiyaning Ural federal okrugida mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandlari Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Rossiyaning Ural federal okrugida joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasalarida saqlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasiga Namangan viloyatida tugʻilgan R. F. oʻzi va ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini vatanga qaytarishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Fuqaro R.F. bilan oʻtkazilgan suhbat davomida uning haqiqatdan ham farzandlari bilan ogʻir ahvolda qolgani, ayrim hujjatlari yoʻqligi maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng, hamyurtlarimizning hujjatlari rasmiylashtirib berilgan hamda “Yekaterinburg–Namangan” yoʻnalishidagi samolyotga chipta sotib olingan.

Mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimiz 25-avgust kuni Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Namanganga kuzatib qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер