Rossiyada yoʻl-transport hodisasiga uchragan avtobusda Oʻzbekiston fuqarolari boʻlganmi?

14:55 17 Oktyabr 2025 Jamiyat
354 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Amur viloyatida ishchilarni olib ketayotgan avtobus yoʻl-transport hodisasiga uchragani, ushbu avtobusda Oʻzbekiston, Turkiya va Tojikiston fuqarolari boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, shu yilning 16-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Amur viloyati hududidagi Blagoveщyensk — Svobodnыy yoʻlining 19-chaqirigʻida yengil avtomobil va “Yamata” nomli turk qurilish kompaniyasiga tegishli boʻlgan yoʻlovchi avtobus ishtirokida avtohalokat sodir boʻlgan.

Oʻzbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan hodisa yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, YTH oqibatida 1 nafar avtobus yoʻlovchisi halok boʻlgan, 14 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Ushbu avtobusda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер