Rossiyada 2025-yilda “WhatsApp” ham bloklanishi mumkin
Maʼlum boʻlishicha, messenjer baʼzi talablarga rioya etishdan bosh tortmoqda.
Agar “WhatsApp” huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilmasa 2025-yilda bloklanishi mumkin.
Messenjerga kirishni cheklash ehtimoli juda yuqoriligi hamda qolgan barcha xorijiy kompaniyalar ham Rossiya qonunchiligiga rioya qilishi shart ekanligi taʼkidlangan.
“WhatsApp” orqali ekstremistik tashkilotlar harakat qilmoqda va xizmat rossiyalik huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda.
Agar messenjer rahbariyati Rossiya qonunlariga rioya qilmasa, “WhatsApp” 2025-yilda bloklanishi mumkin, dedi senator Artyom Sheykin.
Messenjer Rossiyada hanuzgacha bloklanmagan yagona “Meta” xizmati hisoblanadi. 19-dekabr kuni u axborot tarqatuvchilar reyestriga kiritilgan.
Xizmat Rossiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmaydi. Hokimiyat esa undan oʻzgarishlar kutmoqda.
“Bu tuzilmadan moderatsiyada jiddiy oʻzgarishlar talab qilinmayotganini hisobga olsak, ushbu xizmatning hamkorlikka qay darajada tayyor ekanligini koʻrishimiz lozim. Biz oʻz qadamimizni qoʻydik, endi navbat “WhatsApp” tomonida”, dedi Davlat dumasi deputati Oleg Matveychev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring