Rossiya urushni tugatish shartlarini eslatdi

18:42 03 Sentyabr 2025 Dunyo
1285 0

3-sentyabrga oʻtar kechasi Rossiya qoʻshinlari yana Ukraina shaharlariga havo hujumlari uyushtirdi. Kiyev havo mudofaa sirenalari ishga tushib, aholini uylarida qolishga chaqirgan. Bu haqda Kiyev shahar harbiy maʼmuriyati rahbari Timur Tkachenko oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.

Shu holat fonida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov intervyu berdi va Kreml Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga umid qilayotganini taʼkidladi. Lavrovning soʻzlariga koʻra, mojaroni hal qilish uchun asosiy sabablarni bartaraf etish zarur. Xususan, Ukraina NATOga aʼzo boʻlmasligi, Kiyev rus tilining maqomini qayta koʻrib chiqishi, shuningdek, bosib olingan toʻrtta Ukraina hududlari Rossiya tarkibiga qoʻshilishi tan olinib, xalqaro huquqiy yoʻl bilan rasmiylashtirilishi lozim.

Lavrovning taʼkidlashicha, faqat shu shartlar bajarilsagina barqaror va mustahkam tinchlikka erishish mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер