Rossiya tunda Kiyevga zarba berdi
23-iyun tongida Rossiya Federatsiyasi qoʻshinlari Ukrainaning Kiyev shahriga raketa va dronlar bilan zarba berdi. Bu haqda Kiyev harbiy maʼmuriyati va mahalliy hokimiyat organlari xabar qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tonggi soat 8:30 holatida olti nafar tinch aholi vakili halok boʻlgan. Shuningdek, 16 kishi jarohatlangan. Poytaxt meri Vitaliy Klichko esa jarohatlanganlar soni 19 kishi ekanini taʼkidlagan.
“Afsuski, Belotserkovskiy tumanida dushman hujumida 1957-yilda tugʻilgan ayol olgan jarohatlari natijasida halok boʻldi”, degan Kiyev viloyati harbiy maʼmuriyati (KVHM) rahbari Nikolay Kalashnik.
U Borispol tumanidagi ikkita xususiy uyda yongʻin sodir boʻlgani va Bucha tumanida toʻrtta xususiy bino va uchta avtomashinaga zarar yetganini ham aytib oʻtdi.

Ukrainaning matbuot xizmatlari bergan maʼlumotlarga koʻra, Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlar, ballistik va qanotli raketalar yordamida qilgan hujumi deyarli tun boʻyi davom etdi hamda asosiy nishonlar Kiyev va Kiyev viloyati boʻldi.
Ukraina Qurolli kuchlari maʼlumotiga koʻra, davlatga jami 368 ta havo hujum vositasi yoʻllangani, shundan 352 tasi zarba beruvchi “Shahed” va imitatsiya qiluvchi uchuvchisiz uchish apparatlari boʻlgan. Shuningdek, 11 ta “Iskander-M/KN-23” ballistik raketasi va 5 ta “Iskander-K” qanotli raketalari ham uchirilgan. Harbiylar 354 ta nishonni yoʻq qilganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring