Rossiya Xarkovdagi poyezdga dron yordamida zarba berdi. Qurbonlar bor
Ukraina rasmiylari kecha, 27-yanvar kuni Rossiyaning harbiy zarbalari oqibatida jami on bir kishi qurbon boʻlganini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda BILD nashri.
Unda aytilishicha, Xarkov viloyatida temiryoʻl poyezdiga dron yordamida hujum qilingan. Oqibatda toʻrt kishi halok boʻldi. Hodisa yuz bergan vaqtda poyezdda 200 dan ortiq yoʻlovchi boʻlgani toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.
“Poyezdga hujum qilib, tinch aholini oʻldirishni hech qanaqasiga oqlab boʻlmaydi. Bunday hujumlar uchun harbiy oqlov boʻlishi mumkin emas”, — deb yozgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy oʻzining Telegram-kanalida.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hujum oqibatida yana ikki nafar shaxs turli darajadagi tan-jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Zelenskiy shuningdek, Rossiyaning bu kabi hujumlari diplomatik jarayonlarni izdan chiqarayotganini qoʻshimcha qilgan. Shu bois Rossiya, Ukraina hamda AQSH oʻrtasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan uch tomonlama muzokaralar shu hafta oxirida davom ettirilishi maqsad qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring