Rossiya bilan aloqasi borlikda gumon qilingan ukrainalik amaldor Madridda otib oʻldirildi

15:21 21 May 2025 Dunyo
186 0

Foto: Cadena SER

Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning sobiq maslahatchisi Andrey Portnov Ispaniya poytaxti Madrid shahri yaqinida otib oʻldirildi. Bu haqda “Cadena SER” radiosi xabar berdi.

Jurnalistlarga koʻra, voqea Madrid provinsiyasidagi Pozuelo-de-Alarkon shahridagi Amerika maktabi yaqinida, mahalliy vaqt bilan soat 9:15 atrofida sodir boʻlgan. Politsiyaga koʻchada oʻqdan yaralangan erkak borligi haqida xabar kelib tushgan. Shifokorlar voqea joyiga yetib kelganida u jarohatlar oqibatida hayotdan koʻzi yumib boʻlgan. Erkakning koʻkragiga toʻrt va boshiga bir marta oʻq uzilgan.

Manbaga koʻra, 52 yoshli Portnov Ukrainada davlat mablagʻlarini notoʻgʻri ishlatgani va inson huquqlarini buzgani uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan qora roʻyxatga kiritilgan. Keyinchalik Portnov oqlanadi. Biroq Ukraina razvedka xizmatlari uning Rossiya bilan aloqasi borligini tekshira boshlaydi.

Politsiya manbalarining aytishicha, mototsiklda bir kishi jabrlanuvchini maktab darvozasida kutib turgan. Portnov kelganida nomaʼlum shaxs unga qarata oʻq uzgan va keyin gʻoyib boʻlgan.

Voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari surishtiruv olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер