Rishtondagi xususiy bogʻchada qariyb 600 million soʻmlik “zangori yoqilgʻi” oʻgʻirlandi
Rishton tumanida qariyb 600 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Rishton tumanida joylashgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida hisoblagichdan oldin rezina shlang orqali yashirin tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 599 million 961 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilinib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring