Rishtonda “Turizm mahallasi”
Rishton tumanidagi Mamadali Topvoldiyev nomidagi mahallaga Fargʻona vodiysida ilk bor “Turizm mahallasi” maqomi berildi. Aytish joizki, bu maskanda Xalqaro kulolchilik markazi, hunarmandlar rastalari, oilaviy mehmon uylari hamda oʻnlab turizm yoʻnalishlari joylashgan. Eng muhimi, mahallada hunarning avloddan-avlodga oʻtib kelishini taʼminlayotgan sulolalar koʻpchilikni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy, xalqaro ekspertlar, sayyohlar, hunarmandlar, tadbirkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Turizm qoʻmitasining vodiy miqyosida mazkur yoʻnalishdagi birinchi sertifikati oʻz egalariga topshirildi.

— Qoʻqon va Margʻilon shahridan keyin bizning hududga ham “Xalqaro hunarmandlar shahri” maqomi berilishi kutilmoqda, — deydi Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov. — Joriy yilning 19 — 21-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan Xalqaro kulollar forumi doirasida ushbu maqom haqidagi sertifikatni topshirish koʻzda tutilgan.

Ayni paytda tumanga har yili 300 ming nafar mahalliy va xorijlik sayyoh tashrif buyurmoqda.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring