“Real Madrid”ga Xabi Alonso kerak, Vinisius emas — “Marca”
Soʻnggi vaqtlarda “Real Madrid” klubida bosh murabbiy Xabi Alonso va hujumchi Vinisius Junior oʻrtasida yaxshigina muammolar yuzaga kelmoqda. Ispaniyaning eng nomdor nashrlaridan biri “Marca” ushbu holatda klub muxlislari kim tomonda ekanligini aniqlash maqsadida soʻravnoma oʻtkazdi. Ahamiyatlisi, ushbu jarayonda “qirollik klubi“ning 120 ming muxlisi ishtirok etdi.
Soʻrovnomada qatnashgan muxlislarning 76 foizi “Xabi Alonso jamoadan ketishi kerakmi?”, degan savolga “yoʻq” deb javob berdi.
Shuningdek, soʻrovnomada qatnashgan muxlislarning 81 foizi Vinisius Juniorni jamoadan ketishini xohlashlarini maʼlum qildilar.
“Jamoaning soʻnggi vaqtlardagi salbiy natijalarida asosiy aybdor kim?”, degan savolga 120 ming muxlisning 61 foizi “futbolchilar” deb javob berdi.
Soʻnggi vaqtlar Ispaniyaning koʻplab nashrlarida bu masalaga toʻxtalib oʻtildi. Baʼzi nashrlar Vinisius jamoadan ketishi haqida yozgan boʻlsalar, boshqa nashrlarda Xabi Alonso isteʼfoga chiqishi aytildi. “Marca” soʻrovnomasi esa bu holat klub muxlislari murabbiy bilan ekanligini koʻrsatdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring