“Real Madrid” klubi ishonchli gʻalabaga erishdi
Kecha, 8-fevral kuni Ispaniya La Ligasining 23-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” klubi safarda “Valensiya” jamoasi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 2:0 hisobida Alvaro Arbeloa jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning birinchi boʻlimi hujumkor oʻtdi. Ikki jamoada ham gol kiritish uchun yaxshi imkoniyatlar boʻldi, biroq birinchi boʻlimda hisob ochilmadi.
Ikkinchi boʻlimning 65-daqiqasida Alvaro Karreras hisobni ochdi. Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan birinchi daqiqada Kilian Mbappe jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Shu tariqa oʻyin “qirollik klubi”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalabadan soʻng “Real Madrid” klubi La Liga jadvalida ikkinchi oʻrinni mustahkamlab oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring