“Real” braziliyalik yulduzini ashaddiy raqiblaridan biriga sotib yuborishi mumkin

09:49 07 Iyul 2025 Sport
512 0

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi Madridning “Real” jamoasida toʻp surayotgan braziliyalik futbolchi Rodrigo Goisni oʻz safiga qoʻshib olish uchun harakat boshladi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Parij klubi allaqachon 24 yoshli hujumchining vakillari bilan bogʻlangan va uning ehtimoliy transferi yuzasidan muzokaralar olib borgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Rodrigo boshqa jamoalarning ham diqqat markazida turibdi. Xususan, avvalroq unga Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hamda Angliyaning “Arsenal” jamoasi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozircha bu takliflar borasida yangi tafsilotlar eʼlon qilinmagan.

Taʼkidlanishicha, Rodrigo “Real Madrid” safini tark etishi ehtimoli bor. Sababi, u jamoada almashtirib boʻlmas asosiy futbolchi hisoblanmaydi va koʻproq oʻyin amaliyoti uchun boshqa klubga oʻtishni xohlamoqda. “Real” rahbariyati esa braziliyalik futbolchi uchun kelib tushadigan takliflarni koʻrib chiqishga tayyor ekanligini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, Rodrigo oʻtgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnoma asosida 2028-yil yozigacha “Real” futbolchisi hisoblanadi. Transfermarkt portali esa uning bozor qiymatini 90 million yevroga baholagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер