Raqobat qoʻmitasi barcha turdagi umumiy ovqatlanish korxonalarini ogohlantirdi
Raqobat qoʻmitasiga umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati boʻyicha isteʼmolchilardan kelib tushayotgan murojaatlarda ayrim restoran va kafelarda taomlar narxidan tashqari 10–15 foiz, baʼzan esa 20 foizgacha xizmat haqi qoʻshimcha toʻlov sifatida undirilayotgani hamda avvaldan depozit mablagʻlar talab qilinayotgani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari”ga asosan, umumiy ovqatlanish korxonalari restoran, vagon-restoran, bar, kafe, mavsumiy kafe, kafeteriy, oshxona, choyxona, bufet va kichik oshxona kabi turlarga boʻlinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4, 19 va 21-moddalariga asosan, isteʼmolchi tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida toʻgʻri va toʻliq maʼlumot olish, ularni erkin tanlash hamda sifatli boʻlishiga talab qilishga haqli.
Shuningdek, ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat koʻrsatishi) shart.
Bundan tashqari, sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qoʻmitasi umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarini qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga yoʻl qoʻymasliklari, umumiy ovqatlanish korxonalari turlaridan kelib chiqib isteʼmolchilarning oʻz-oʻziga xizmat qilish imkoniyatini yaratish, taomlar narxi, xizmat koʻrsatish tartibi va ular bilan bogʻliq shartlar, shu jumladan ofitsiant xizmati uchun haq miqdori haqidagi maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida toʻliq tanishtirib oʻtishlari lozimligi borasida ogohlantirgan.
“Huquqlaringiz buzilganda Raqobat qoʻmitasining 1159 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin”, — deyiladi Raqobat qoʻmitasi ogohlantirish xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring