Raqobat qoʻmitasi ayrim banklar aholi kredit kartalaridan asossiz foiz va komissiya yechib olayotgani yuzasidan Markaziy bankka soʻrov yubordi

16:00 08 Oktyabr 2025 Iqtisodiyot
320 0

Raqobat qoʻmitasi Markaziy bankka tijorat banklarining kredit karta amaliyotlari (operatsiyalari)da isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan soʻrov yubordi. Bu haqida qoʻmitaning Telegram-kanalida maʼlum qilindi.

Markaziy bankka yuborilgan soʻrovda ayrim davlat va nodavlat tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kredit kartalaridan kommunal xizmatlar, oʻqish, tibbiyot va sugʻurta hamda soliq kabi toʻlovlar ham naqd pulga yechishga tenglashtirilib, ulardan foiz va komissiyalar undirilayotgani oʻz navbatida aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgani bildirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4, 12, 19,21 va 23-moddalariga muvofiq, davlat va nodavlat banklar faoliyatini oʻrganib chiqish va ularning faoliyatini kredit kartalari foiz masalalarini qayta koʻrib chiqish, isteʼmolchilar manfaatlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish hamda asossiz olingan xizmat haqi pullarini qaytarish choralarini koʻrish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan tartibda soʻrov yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер