Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi
“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat Qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;
davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, oʻzlashtirish va joriy qilish;
kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;
rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash boʻyicha test sinovlarini hamda psixologik soʻrovnomalar oʻtkazish;
rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qoʻyish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;
faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring