“Quyoshli xonadon” oyiga 5,5 million soʻm daromad olmoqda

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanidagi “Shahartepa” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Nurmatjon Abdullayev yaqinda oʻz yashash xonadoniga 50 kVt quvvatdagi quyosh panellarini oʻrnatdi. Natijada ushbu oila yilning toʻrt faslida ham barqaror elektr energiyasi manbaiga ega boʻlib, ehtiyojidan ortganini davlatga sotish orqali daromadga ega boʻlmoqda.
— “Quyoshli xonadon” dasturiga ulanib, oilam ehtiyoji uchun bir oyda sarflayotgan elektr energiyasi hisobini aniq yuritib borish imkoniga ega boʻldim, — deydi oila sohibi. — Hozirgi kunda xonadonimiz isteʼmolidan tashqari har oyda oʻrtacha 5,5 million soʻm daromadga ega boʻlyapmiz..
Aytish joiz, serquyosh yurtimizda yilning toʻrt faslida ham quyosh panellaridan daromad olish imkoni bor. Bundan unumli foydalanish uchun ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni hayotga keng tatbiq etishdan toʻxtamaslik kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eʼzozxon Karimova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri boʻldi
- Urgut tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
- Ishonchni oqlamagan “ishonch telefoni”
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi lavozimlariga ochiq tanlov
- Prezident Administratsiyasida yana ikkita tayinlov amalga oshirildi
- “Zelenskiyning taqdiri hal boʻldimi” — Rossiya razvedkasi uni almashtirish uchun yashirin uchrashuv oʻtkazilganini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring